Internetda Avstriyaning toğ-çanği kurortlaridan birida, Yevropaga yopirilgan “Eleonora” qor böroni vaqtida bir neça çanğiçi osma yöl örindiqlarida qolib ketgani videosi paydo böldi. Osma yöl örindiqlari kuçli şamol oqibatida falokatli tarzda çayqalib turgan.   

Facebook’da 3 yanvarda joylaştirilgan videoga berilgan izohda voqea Montafon vodiysidagi kurortda yuz bergani ma'lum qilingan. Biroq voqea vaqtida örindiqlarda neça kişi bölgani haqida heç narsa ma'lum qilinmagan.

Keyinroq çanğiçilar tabiiy ofat vaqtida jabrlanişmagani va osma yölni qutqaruvçilar yordamida tark eta olişgani ma'lum qilingan.