Bugungi kuni moda sanoatida turli aksessuarlar, jumladan, tufli, kamar, sumka kabi buyumlarni çöçqa terisidan işlaş udum bölgan. Çunki u nisbatan arzonroq hisoblanadi. Çöçqa terisidan işlangan buyumni boşqalaridan ajratiş uçun eng avvalo, uning ustidagi mayda teşikçalarga e'tibor qaratiş lozim. Ya'ni çarmning yuzasi mayda 3 dona yonma-yon joylaşagan teşikçalardan iborat böladi. Töğri hamma terilarda ham teşikçali çiziqçalar mavjud, lekin çöçqa terisida mazkur uç nuqtaning joylaşişi, ular xuddi bir guruhni taşkil qilgandek tarzda yonma-yon joylaşgan böladi.
Xöş, muqaddas Islom dini şariatida çöçqadan olingan mahsulotlarga qanday baho berilgan. Muxlis.uz saytida e'lon qilingan maqolada şu haqda söz yuritilgan. Barçamizga ma'lumki, Qur'oni Karimning bir neça oyatlarida çöçqa göştining haromligi ta'kidlangan. Xususan, Nahl surasida:
«Darhaqiqat, sizlarga ölimtik, qon va çöçqa göşti harom qilindi» – deydi (Nahl: 115).
Çöçqaning faqatgina göşti emas, balki qolgan a'zolari ham harom sanaladi. Alloma Ibn Qoyyim rahimahulloh: «Çöçqaning har bir narsasi: göşti, yoği, terisi, asabi, qöllari, içki a'zolari, miyasi, suyaklari, boşi, biqini, suti va junlarini iste'mol qiliş haromdir» – degan.
Terisi oşlaş ila pok bölmaydigan hayvonni şar'iy yöl bilan söyilsa ham, na özi va na göşti pok böladi. Uning halol bölmasligi turgan gap, ammo pok ham bölmaydi. Bunga yorqin misol çöçqadir. Butun boşli borliği bilan najas bölgani uçun ham uning heç bir a'zosi heç qaysi amal bilan pok bömaydi. Binobarin, çöçqaning qayeriga bölsada, tekkan kiyim yoki badanni kamida uç marta yuvib poklaş zarur. Ayni çoğda çöçqaning heç bir narsasidan buyum sifatida ham foydalanib bölmaydi. (“Kifoya”).
Demak, çöçqa tersidan işlangan buyumlardan foydalaniş, kiyimlarni kiyiş harom ekani ma'lum böldi.
Lekin, hozirda bozor va dökonlarda turli-tuman teri mahsulotlari bilan bir qatorda çöçqa terisidan işlangan sumkalar, poyafzallar, boringki kundalik foydalaniş uçun eng zarur buyumlar ham köpayib ketgani heç kimga sir emas. Biz musulmonlar mazkur kiyim va anjomlarni sotib olişda ehtiyot bölişimiz va Alloh harom qilgan narsadan foydalanib qöymaslik uçun huşyor bölişimiz lozim.
Çöçqa terisining yana bir belgisi bu teşikçalarning teri yuzasida bir tekis joylaşgani. Ba'zi işlab çiqaruvçilar mazkur teşikçalarni sezdirmaslik uçun ularni berkitişga harakat qiladilar. Bunday çarmlar “tekislangan” va “tozalangan” çarm deyiladi. Lekin ularning ba'zi joylarida qolib ketgan uç nuqtali çiziqlar bu çöçqa terisi ekanini bildiradi.















