Xitoyning Çuntsin şahrida yaşovçi millioner Çjun Tsunjun 3 yildan beri har kuni köçalarni çiqindilardan tozalaş bilan şuğullanib keladi: u öz misolida atrof-muhit haqida qayğuriş muhimligini körsatmoqçi. Bu haqda Sixth Tone xabar bermoqda. 

Tsunjun har kuni çiqindilarni yiğiş uçun qisqiçlar bilan uyi oldidagi köçaga çiqib, u yerni çiqindilardan tozalaydi. 51 yoşli xitoylik şu antiqa “xobbisi” sababli “millioner-farroş” nomini ham olgan. Tsunjunning asosiy faoliyati esa köçmas-mulk, işlab çiqariş va avtomobil sotiş bilan boğliq.

Boy erkakning bu odati odamlar e'tiborini jalb qildi: köpçilik uning samimiyligiga şubha qilib, uni özini piar qilişda ayblagan. Biroq erkakning aytişiça, uning niyatlari xolis va odamlarni ularning boyligi bilan baholaş kerak emas.

“Köçani ifloslantirişimiz bilimimiz, yoşimiz, kelib çiqişimiz va ijtimoiy-iqtisodiy mavqeimizga boğliq emas”, deb aytgan tadbirkor.

Millionerni bunday yöl tutişga Tsinxua universiteti professori ilhomlantirgan. U professorni 2015 yilda Xaynan orolida dam olganda uçratgan. Pensiyada bölgan professor 4 yildan beri plyajdagi çiqindilarni yiğiş bilan şuğullangan. Bundan ilhomlangan Tsunjun ta'tildan qaytgaç, hovlisini tozalay boşlagan. 

Erkak öz qöl ostidagilarni ham undan örnak olişga çaqiradi. Agar uning korxonalaridagi xodimlar atrof-muhitni ifloslantirsalar, 10 yuan (1,5 dollar) bilan jazolanadilar. Tadbirkorning aytişiça, çiqindilar muammosini bir lahzada hal qilişning imkoni yöq, buning uçun jiddiy çoralar zarur.

“Xitoyga odamlar atrof-muhitni ifloslantirmasliklari uçun qattiqqöl qonunlar zarur. Xitoyliklar şarmanda bölişdan qörqadilar. Ular jarimaga tortilişdan köra şarmanda bölişdan köproq taşvişlanadilar”, deb aytmoqda millioner.

Çjunning rafiqasi va farzandlari dastlab uning bu odatidan uyalib yurişgan. Ular hattoki u bilan birga omma oldida körinişdan boş tortganlar. Biroq ular özlari yaşaydigan hudud tozaroq körinişga kelib, qöşnilar Çjunni maqtay boşlaganlaridan keyin fikrlarini özgartirganlar. Hozirda Çjunning rafiqasi ham unga köçalarni tozalaşda yordam beradi.

“Odamlar özini tutişni özgartirmagunça, köçalar ularni qança odam tozalamasin, iflos bölib qolaveradi. Yagona yeçim – odamlarga atrof-muhitni ifloslantirişning salbiy oqibatlari haqida sözlab va ular bundan xulosa çiqarib, öz xatti-harakatlarini özgartirişlariga umid qilişdir”, deb aytmoqda millioner-farroş.