AQŞda Intel protsessorlarining bir neça egalari kompaniyani sudga berişdi. Oregon, Kaliforniya va Indiana ştatlarida yaşovçi uç kişi kompaniya ustidan sudga şikoyat yöllagan. Ular kompaniyani protsessorlarida aniqlangan muammolarga yetarliça munosabat bildirmaslikda va kamçiliklarni uzoq vaqt sir saqlaşda ayblaşgan. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.
Avvalroq Intel mikroprotsessorlarida jiddiy kamçiliklar topilgani, bu kamçiliklar xakerlarga ma'lumotlarni qölga kiritişga imkon berişi ma'lum qilingandi. Bu kamçilikni operatsion tizimlarga özgartirişlar kiritib töğrilaş mumkinligi, biroq bu ularning işlaşini sekinlaştirişi mumkinligi aytilgan.
Şikoyatçilarning fikriça, operatsion tizimlarning yangilanişi kopmyuterlar unumdorligini pasaytirişi mumkin. Şikoyatlar 11 daqiqa farq bilan yöllangan.
Tadqiqotçilar mikroprotsessorlarda oxirgi 20 yil içida çiqqan barça kompyuterlarni qamrab oluvçi va çip yadrosining himoyalangan xotirasiga kirişga imkon beruvçi ikki turdagi kamçilikni aniqlaşgan. Şundan keyin Intel kamçiliklar nafaqat uning çiplarida mavjudligini ma'lum qilgan. Google’da AMD va ARM protsessorlarida ham muammolar borligi aytilgan.
Yirik operatsion tiizimlar işlab çiquvçilari öz dasturlarida uşbu kamçiliklar töğrilangan yangilanmalar çiqarişganini ma'lum qilişgan. Jumladan, Microsoft kompaniyasi 4 yanvarda Windows operatsion tizimi uçun yangilanma çiqargan. 5 yanvarda esa Apple macOS va iOS operatsion tizimlarida işlovçi barça qurilmalari protsessorlarning kamçiliklari sababli muammoga uçraşi mumkinligini ma'lum qilgan.












