AQŞning Kaliforniya ştati Los-Anjyeles şahridagi Beverli-Hillzda joylaşgan Beverli-Hilton mehmonxonasida «Oltin globus» mukofotlarining 75-tantanali topşiriş marosimi bölib ötmoqda. NBC telekanali marosimdan jonli translyatsiyani amalga oşirmoqda.

Foto: imdb.com

«Xizmatkor hikoyasi» seriali «eng yaxşi dramatik serial» yönalişida «Oltin globus» laureatiga aylandi. Boş rol ijroçisi Elizabet Moss ham dramatik serialdagi eng yaxşi ayol roli uçun mukofotni qölga kiritdi. 2017 yilda uşbu serial «Emmi» mukofotiga ham loyiq topilgandi.

Foto: imdb.com

Jyeyms Franko «Oltin globus»ni eng yaxşi komediya aktyori sifatida oldi, bu haqda mukofotning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Franko mukofotni «Baxtsiz bunyodkor» filmidagi roli uçun qölga kiritdi. Bu nominatsiyada şuningdek, Hyu Jyekman («Buyuk şoumen»), Deniel Kaluya («Yöqol»), Stiv Karell («Jinslar jangi») va Ensel Elgort («Drayvdagi bolakay») ham kuraş olib bordi.

Foto: Pixar Animation Studios

«Koko siri» multfilmi ham «Oltin globus»ni qölga kiritdi. Bu haqda mukofotning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Bu nominatsiyada mukofotni qölga kiritiş uçun «Boss-gödak», «Ferdinand», «Ovçi ayol» va «Van Gog. Muhabbat bilan, Vinsent» multfilmlari ham kuraş olib bordi.

Foto: Venice International Film Festival

Angliyalik rejissyor va ssenariynavis Martin Makdonax eng yaxşi ssenariy uçun «Oltin globus» bilan taqdirlandi.