Kameralar işlab çiqaruvçi GoPro kompaniyasi kamida 250 xodimini (butun xodimlarining 20 foizi) böşatişi va kvadrokopterlar bozoridan ketişini ma'lum qilgan. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarda aytilgan.
2017 yilda kompaniyaning kvadrokopteri Karma bu turdagi qurilmalar bozorida qattiq raqobatga duç keldi. Bundan taşqari, Yevropa va AQŞdagi qat'iy me'yeriy baza keyingi yillarda bozorning umumiy holatiga salbiy ta'sir qiladi.
Bu omillar dronlar bozorini foydasiz qiladi. GoPro kompaniyasi qolgan Karma’larni sotib bölgaç, bu bozorni tark etmoqçi. Biroq kompaniya dronlar egalariga texnik kömak körsatişda davom etadi.
GoPro, şuningdek, 2018 yilda boş direktorga tölovlarni 1 dollargaça qisqartiradi.
GoPro boş direktori Nik Vudmanning aytişiça, u kompaniyani sotiş yoki boşqa kompaniya bilan hamkorlik tuziş variantini öylamoqda. Uning fikriça, kompaniya xarajatlarni qisqartirgandan keyin daromad ola boşlaydi. GoPro butun dunyo böylab ming xodimini qoldirmoqçi.
GoPro aksiyalari işçilar böşatilişi va dronlar bozoridan ketişi haqidagi yangilikdan keyin 30 fizga arzonlaşgan.
Kompaniya suratga oliş uçun möljallangan özining ilk va oxirgi droni Karma’ni 2016 yil kuzda taqdim qilgan. Dronlar sotuvga çiqqandan bir neça kun ötib elektr uzatişdagi muammo sababli qaytarib olingan.
2016 yil noyabrda GoPro original köngiloçar kontent yaratuvçi bölinmasini yopgan. Öşanda kompaniya işlab çiqariş hajmlarini kamaytirib, 15 foiz içşisini böşatib yuborişga qaror qilgan.

















