Hallig Zyuderoog nemis orolida suv ötkazmaydigan GoPro kamerasini tutib olişdi, u bu yerga Britaniyaning Yorkşiridagi sohilböyidan kelib qolgan. Qurilma Şimoliy dengiz orqali taxminan 800 kilometr masofani bosib ötgan va hali ham işlamoqda.

Kamerani oilaviy juftlik topib oldi, ular undan xotira kartasini çiqarib olişdi va videoni Feysbukka joylaştirdilar. Rolikda qölida kamera kötarib olgan bolaning sohilböyida çopib yurgani, söng uni toş ustiga qöygani va ketganini köriş mumkin. Oradan bir neça daqiqa ötib kameraga tölqinlar kelib urilgan hamda uni suvga qarata olib ketgan.

GoPröning sayohat vaqti qançani taşkil etgani noma'lum, sababi nemislar uning egasi va kameraning suvga tuşib ketayotgani tasvirlangan qismni e'lon qilişdi, xolos. Ular Feysbuk foydalanuvçilariga murojaat qilib, videodagi bolani topişda yordam körsatişni söraşdi.

Nemis dengiz qidiruv-qutqaruv assotsiatsiyasi ekspertlari Qirollik milliy dengiz instituti bilan kameraning dengiz sayohatini modellaştirişdi. Mutaxassislar Yorkşirdagi sohilböyi va qoyalarni payqaşgan, hamda qurilma yöli taxminan 800 kilometrni taşkil etgani haqida ma'lum qilişdi.

«Kamera öz egasiga qaytmasa, juda açinarli bölardi. Biz bolakay Rojdestvoda özining öyinçoği bilan birga bölişini xohlaymiz – bu baxtli yakunga aylangan bölardi», - deydi nemis dengiz qidiruv-qutqaruv assotsiatsiyasi vakili Kristian Stipeldi.

Mutaxassislarning qöşimça qilişiça, videodagi kişilar Yorkşirdan bölmasligi ham mumkin, ular Şotlandiya yoki janubiy Angliyadan sohilböyiga kelişgani borasida ham taxminlar bor. Rolikdagi sanaga qaraganda, kamera 1 sentabr kuni yöqolgan, uni noyabr oxirida topib olişdi – u taxminan ikki oy yölda bölgan.