Xitoyning eng boy odami, Country Garden Holdings developerlik kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketi egasi Yan Xueyyan 2018 yil boşidan yana 2,06 mlrd dollarga boyidi. 
 
Bloomberg axborot agentligi mutaxassislarining hisob-kitoblariga köra, Xueyyanning boyligi 2018 yilda birjalar işlagan 4 kun içida 23,6 mlrd dollardan 25,6 mlrd dollargaça köpaygan.

Buning evaziga Xueyyan Bloomberğning milliarderlar röyxatida (Bloomberg Billionaires Index) 31-öringa kötarilib oldi va 2018 yil boşidan öz boyligini eng köp köpaytira olgan tadbirkorlar öntaligiga kirdi.
 
Bloomberg ma'lumotlariga köra, şuningdek Xitoyning eng yoş milliarderi hisoblanuvçi Xueyyan Xitoyning eng boy odamlari orasida Van Tszyanlindan keyin hamon 5-örinni egallamoqda. Biroq Forbes mutaxassislarining fikriça, Xueyyan Tszyanlindan ötib ketdi. Ular ayni vaqtda Xueyyanning boyligini 28,6 mlrd dollarga, Tszyanlinnikini 25,4 mlrd dollarga baholaşgan. 

2017 yil oktabrida UBS va PwC mutaxassislari 2016 yil natijalariga köra Osiyoni bildiruvçi milliarderlar soni ilk bor AQŞ milliarderlari sonidan oşib ketgani haqidagi tadqiqotni çop etgandilar.