Xalqaro tibbiyot doiralarida taniqli bölgan kardiojarroh, tibbiyot fanlari doktori, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi Qalandar Bobojonov Vatanga qaytiş va yurtdoşlari salomatligi yölida özining kasb faoliyatini davom ettirişga qaror qildi. Bu haqda «Jahon» AA xabar bergan. 

Foto: Facebook

Prezident Şavkat Mirziyoyevning xorijdagi yurtdoşlarni vatan ravnaqiga öz hissalarini qöşişga da'vat etgani keyingi yillar davomida Ukraina tibbiyot fanlari akademiyasining N. Amosov nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi Milliy institutida boş maslahatçi bölib işlayotgan şifokorning ana şunday qarorga kelişiga sabab böldi. 

Şuni qayd etiş joizki, Q. Bobojonov Özbekistonda birinçi bölib Fonten, Glen Biglen operatsiyalari tajribasini, murakkab tuğma yurak nuqsoni holatida arterial jarrohlik, yurak-işemik kasalligi bölgani holatida işlab turgan yurakda aortokoronar şunt örnatişni amaliyotda qöllagan, ya'ni alohida xizmat körsatgan şifokordir. U 2002 yili “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi” faxriy unvoniga sazovor bölgan.

Olim özining mehnat faoliyati davomida Lusaka (Zambiya)dagi Universitet şifoxonasining Kardiojarrohlik markaziga asos solgan. Q. Bobojonov u yerda yurak patologiyasi bilan boğliq 200 dan ziyod operatsiyalarni bajargan. Xizmat körsatgan tibbiyot xodimi turli patologiyalar holatida oçiq yurakda hammasi bölib 8000 operatsiya ötkazgan. Jumladan, mitral va aortal klapanlarni protezlaş, ikki klapanli protezlaş, Fallo tetradasi kasalligi va boşqa murakkab tuğma nuqsonlar bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşirgan.