Suhbat davomida Niso Turdiyevaning faoliyati, kardiojarrohlik sohasini rivojlantiriş böyiça takliflari, futbolga qiziqişi, xorijdagi karerasi va boşqa qiziqarli mavzularda gaplaşdik.

«Kardiojarrohlikni kuçli mutaxassislardan örganiş uçun Rossiyaga borib öqiganman»

«Men Niso Turdiyeva Surxondaryo viloyati Termiz şahrida maktabni tugatib, 2003 yil Toşkent pediatriya tibbiyot institutiga öqişga kirdim. 2009 yil, 6-bosqiçda öqib yurganimda, öqişni Sankt-Peterburg Tibbiyot akademiyasiga köçirdim va öşa yerda bakalavr diplomini oldim. Universitetda öqib yurganimda, kardiojarrohlik sohasini tanlaşimni, bu sohada ordinatura yoki magistratura yönalişlariga qabul faqat Toşkentda borligi va kvota juda kamligini bilardim. Bir yilda 1-2 kişi qabul qilinardi, xolos. Öşa vaqtlarda Özbekistonda kardiojarrohlik sohasi hali unçalik rivojlanmagan edi. Bularni anglagan holda, öz sohamni xorijdagi kuçli mutaxassislardan örganişga qaror qildim.

Universitetni bitirganimdan keyin Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markaziga öqişga bordim. U yerda 9 yil davomida ham öqib, ham işlab, nomzodlik dissertatsiyamni yozdim. Markazda kiçik ilmiy xodim va yurak qon-tomir jarrohi lavozimlarida işladim.

3-bosqiçda öqib yurganimda jarroh bölişimni bilardim. Lekin aynan qaysi jarrohlik yönalişini tanlaşga kelganda bir qarorga kelmagandim. Bolalar jarrohligi yoki umumiy jarrohlikni tanlaşim kerak edi. Öqiş paytida yurak tuğma nuqsoni bölgan va operatsiyaga muhtoj, ahvoli oğir bemorlarga köp marta duç kelganman. Bolaning qöli yoki oyoğida nuqson bölsa, u bilan yaşasa böladi, ammo yurak nuqsoni bilan yaşaş imkonsiz. Şu sababli yurak xastaligi bor bolalarga yordam beriş uçun bolalar kardiojarrohi bölaman, deb qat'iy ahd qilganman».

«Jarrohlik jamoaviy iş, yakka özingiz muvaffaqiyat qozonolmaysiz»

«Boşida tibbiyot sohasidan ketişimga oilamdagilar biroz qarşi bölişgan. Çunki Surxondaryoda tibbiyot oliygohi yöq edi va men Toşkentga borib öqişim kerak edi. Avlodimizda yagona şifokor menman, faqat opam tibbiyot hamşirasi. Otam oilada tönğiç farzand bölgan. Samarqandga kelib öqigan, ammo oilaviy şaroit va bobomning xastaligi tufayli öqişni taşlaşga majbur bölgan. Mana şu holat töğri tanlov qilişimga sababçi böldi: Rossiyadan qaytib kelişdan oldin Toşkent yoki Samarqandga kelib işlaş tanlovi bölgan. Öşanda ikkilanmay Samarqandni tanlaganman. Çunki köplab vatandoş hamkasblarim ham qaytişgan va men ham ulardan keyin qaytdim. Bu birinçi sabab bölsa, ikkinçisi otamning uşalmagan orzusini röyobga çiqariş edi.