Aholini qayta röyxatga oliş konsepsiyasi tayyorlanadi
|21:00 / 10.01.201823 6588 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
2018 yil 10 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar tomonidan davlat organlari faoliyatining oçiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan özaro samarali hamkorligini ta'minlaş maqsadida barça davlat organlarida jamoatçilik kengaşlarini taşkil etiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Bunda davlat organlarida faoliyat olib boradigan jamoatçilik kengaşlari taşkil etiladi.
2018 yil 1 mayga qadar Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Adliya vazirligi, AQHMI tomonidan Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengaşlari faoliyati töğrisida jamoatçilikni xabardor qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş töğrisida Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada fuqarolar, öquvçi va talabalarning Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengaşlari majlislarida moneliksiz iştirok etiş imkoniyatlari nazarda tutiladi.
2018 yil 1 mayga qadar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi (kelişuv asosida),
Axborot texnologiyalari vazirligi, FJŞMQMI tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasida qonun loyihalarining jamoatçilik muhokamasini samarali taşkil etiş böyiça Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi qarori loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatçilik muhokamasini taşkil etiş tartibi;
qonun loyihalari muhokamasiga keng ommani jalb qilişning zamonaviy usullari,
şu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş nazarda tutiladi.
2018 yil 1 aprelga qadar Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), AQHMI, FJŞMQMI, Adliya vazirligi, Boş prokuratura, Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, EOAVMA, ÖzNNTMA, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari tomonidan Davlat va jamiyat boşqaruvida jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning ta'sirçan va amaliy mexanizmlarini joriy etişni nazarda tutuvçi “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Mavzuga oid
Loyihaning qabul qilinişi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajariş samaradorligining oşişiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilişiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda kötarilgan muammolarni joyida hal etişda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilişi ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişga imkon beradi.
2018 yil 20 fevralga qadar Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatçilik markazi tomonidan “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga elektron jamoaviy murojaat qiliş tartibini joriy etiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy çora-tadbirlar tayyorlanadi.
Sarf-xarajatlar 2 mlrd söm etib belgilandi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi esa moliyalaştiriş manbasiga aylanadi.
Bunda:
internet tarmoğida aholi dolzarb deb hisoblagan taşabbuslarni kiritadigan, u yoki bu muammoga öz munosabatini bildira oladigan “Mening fikrim” maxsus maydonini taşkil etiş;
Oliy Majlis va xalq deputatlari Kengaşlariga elektron jamoaviy murojaat qiliş tartibini joriy etiş;
muayyan miqdordagi fuqarolar taşabbuslarini uşbu organlar tomonidan majburiy tartibda körib çiqiş nazarda tutiladi.
2018 yil 1 iyunga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi tomonidan davlat organlari faoliyatining yanada oçiqligini ta'minlaş, ular faoliyat yönalişlari böyiça jamoatçilik bilan faol muloqot olib borişlarini nazarda tutuvçi Davlat organlarining virtual muhitda mavjud bölişi konsepsiyasi işlab çiqiladi.
Uşbu normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan jamoatçilik fikrini tizimli örganiş, davlat organlari va mansabdor şaxslar qabul qilgan qarorlar hamda voqealarga nisbatan aholi munosabatini kuzatib boriş va öz vaqtida munosabat bildiriş tizimi nazarda tutiladi.
2018 yil 20 avgustga qadar FJŞMQMI, Adliya vazirligi, ÖzNNTMA, vazirlik va idoralar tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
NNTlarga ijtimoiy şeriklik doirasida davlat mulkini bepul yoki imtiyozli şartlar asosida beriş;
ijtimoiy şeriklikni qöllab-quvvatlagan jismoniy va yuridik şaxslar uçun soliq va majburiy tölovlar böyiça imtiyozlar joriy etiş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 fevralga qadar Davlat statistika qömitasi, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan aholini qayta röyxatga oliş konsepsiyasini tayyorlaş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada:
aholini qayta hisoblab çiqiş maqsadi;
aholini qayta hisoblab çiqişda iştirok etuvçi sub'yektlar doirasi;
aholini qayta hisoblab çiqişda iştirok etuvçi davlat organlarining aniq vazifalari;
aholini qayta hisoblab çiqiş mexanizmi nazarda tutiladi.
2018 yil 20 aprelga qadar Matbuot va axborot agentligi, MTRK, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini taşkil etiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini taşkil etiş;
Universitetning vazifa va funksiyalarini aniq belgilaş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 sentabrga qadar Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar tomonidan davlat boşqaruvi organlari faoliyati oçiqligi va şaffofligini ta'minlaşning qöşimça mexanizmlarini joriy etiş böyiça Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oşirilayotgan byudjyet xarajatlari haqida töliq ma'lumotlarni joylaştiriş majburiyligi;
davlat organlari jamoatçilik kengaşlari faoliyatiga oid normalarni belgilaş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 iyulga qadar Oliy Majlis Senati (kelişuv asosida), Adliya vazirligi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, AQHMI, FJŞMQMI tomonidan fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi jarayonini yanada takomillaştiriş böyiça Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovida saylovçilarning saylovda iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytiriş, mahalla raisligiga nomzodlar körsatişda oşkoralik va şaffoflikni ta'minlaş mexanizmlari nazarda tutiladi.
2018 yil 20 avgustgaça Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, DSQ, Savdo-sanoat palatasi, FJŞMQMI, vazirlik va idoralar tomonidan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişga kömaklaşiş tizimini takomillaştiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada fuqarolarning özini özi boşqariş organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişga kömaklaşiş böyiça maslahat markazlari faoliyatiga davlat organlari, tijorat banklari va boşqa vakolatli idoralarning kömaklaşuvini ta'minlaş mexanizmlarini belgilaş, maslahat markazlari faoliyatini takomillaştiriş nazarda tutiladi.