Respublikada Boş prokuratura Akademiyasini taşkil etiş rejalaştirilyapti. “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” davlat dasturi loyihasida bu haqda ma'lum qilingan, deb yozmoqda “Xalq sözi” naşri.

Unga köra, şu yil 1 mayga qadar tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. 

Mazkur hujjatda prokuratura organlarining yagona majmuasini (öquv binolari, sport-soğlomlaştiriş inşootlari va h.k.) quriş; prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oşiriş va ularni qayta tayyorlaşning samarali tizimini yaratiş; öqitişning innovatsion şakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan öqitiş va mustaqil ta'lim, interfaol va situatsion maşğulotlar, treninglar ötkazişni keng joriy etiş; qonunçilikni takomillaştiriş va yagona huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş böyiça ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarni işlab çiqiş nazarda tutiladi.