Teleboşlovçi Opra​ Uinfri 2020 yilgi AQŞ prezidentligi saylovida iştirok etişga qiziqiş bildirgani töğrisidagi xabar tarqaganidan söng, amaldagi prezident Donald Tramp bunday munosabatga baho berdi. 

Reuters muxbirining xabar qilişiça, Donald Tramp «​Oq uy uçun saylovda Oprani ham yutişini»​ bildirgan​. 

Aslida Uinfrining «Oltin globus» mukofotini topşiriş marosimida yangragan nutqi bunga şama qilgani bildirilgandi. Öşanda u «Uşbu zaldagi köplab ajoyib ayollar va ayrim munosib erkaklar yetakçi böliş uçun qat'iyat bilan kuraşmoqda», degandi. 

Uinfrining nutqidan keyin AQŞning bir qator ommaviy axborot vositalari teleboşlovçi 2020 yilgi saylovlarda iştirok etiş imkonini öylayotgani haqida gap tarqatişgan. 

​Amaldagi prezidentning Matbuot kotibi Xogan Gidli bundan avval, Donald Trampning 2020 yilgi saylovlarda ikkinçi muddatga prezidentlikka nomzodi​ni ilgari surişini tasdiqlagan.