Farğona viloyatining Özbekiston va Beşariq tumanlari çegaradoş hududda joylaşgan Bekobod qişloği (Özbekiston tumaniga qaraşli) aholisi içimlik suvi muammosi bilan yaşab kelmoqda. «Kun.uz»ga murojaat qilgan qişloq aholisi vaziyatni atrofliça bayon etgan. 

«Çekka qişloqqa suvning ham çekkasi yetib kelgan. Yöq, oldin bunday emas edi. Bekobod qişloği ilgari suvdan qiynalmagan. 60-yillarda 200 metr çuqurlikdan oçilgan quduq çuçuk suvni kattagina qişloqqa quvur va qirqqa yaqin vodoprovod krani vositasida yetkazib bergan. Bundan 10 yilça oldin şu suv çiqmay qoldi. Mutaxassislarning aytişiça, yer ostidagi suv zaxirasi tugadi», deyiladi murojaat xatida.

Şundan keyin işloqda yaşovçi yuzlab xonadon, şuningdek, şu hududdagi Katta Tagob va Kiçik Tagob qişloqlarining bir qismi quyidagi suratlarda keltirilgan ikki jömrakdan suv taşib içişga mahkum bölib qolgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Bu jömraklar oldida doimiy navbatlar hosil böladi, aholi maşina, eşak arava, va velosiped orqali çelak, 5-10 litr siğimli yelim idişlar, plastmassa va temir flyagalarda suv taşiydi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz