9 yanvar kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida prezident Şavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasiga bağişlangan tadbir ötkazildi.

Tadbirda prorektorlar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan barça professor-öqituvçilar iştirok etdi. Unda universitet rektori Ğanişer Rahimov davlat rahbarining parlamentga murojaatnomasi haqida batafsil ma'lumot berdi.

«Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yurtimiz jamoatçiligi tomonidan mamlakatimizning demokratik rivojlanişi sari dadil qadam, deb e'tirof etilmoqda. Murojaatnomada har bir yönaliş böyiça belgilangan vazifalar, topşiriqlar, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillardan kelib çiqqan. Murojjatnomada Oliy ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş borasida ham alohida e'tibor qaratildi. 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantiriş dasturi böyiça Özbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardoş bölişi lozimligi ta'kidlandi. Biz mana şunday murojjatni albatta qöllab-quvvatlaşimiz hamda fidoiylik bilan murojaatda keltirilgan topşiriqlarni bajarişimiz şart», degan rektor.

Şundan söng prorektorlar ham murojaat böyiça öz fikr mulohazalarini bildirişdi.

«Tadbirning qizğin bahs-munozarlarga boy keçgani professor-öqituvçilarning mazkur murojaatga, yurtimizda keçayotgan jarayonlar va amalga oşirilayotgan islohotlarga ijobiy munosabatini körsatib berdi», deya xabar qiladi universitet matbuot xizmati.