Hukumatning vazifalari optimallaştiriladi, davlat xizmatçilariga haq tölaş takomillaştiriladi
|20:00 / 10.01.201868 71512 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Özbekistonda 2018 yil 1 iyulga qadar “Davlat xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, AQHMI, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, Boş prokuratura bu boradagi iş uçun mas'ul etib belgilandi.
Loyihada davlat xizmati tizimini taşkil etiş va faoliyat körsatişining asosiy tamoyillari, davlat xizmatçilarining huquqiy maqomi, moddiy va ijtimoiy ta'minoti, davlat xizmatiga işga ötiş, xizmatni ötaş va xizmatdan böşaş tartibi belgilanadi.
Şuningdek, 2018 yil 1 fevralga qadar tuman (şahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlari – “Xalq qabulxonalari”ning zamonaviy binolarini quriş va moddiy-texnika ta'minotini mustahkamlaş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Adliya vazirligi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi tomonidan işlab çiqiladi.
Bu boradagi sarf-xarajatlar 50 mlrd söm etib belgilandi, davlat-xususiy şeriklik asosida jalb qilingan mablağlar, mahalliy byudjyet mablağlari esa moliyalaştiriş manbalari böladi.
Loyiha bilan 2018-2020 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda, qoida tariqasida, davlat-xususiy şeriklik şartlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan tuman va şaharlarda Davlat xizmatlari markazlari – Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi. Bunda ona va bola xonalari, nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay muhit, avtomobil töxtaş joylari, öziga özi xizmat körsatiş burçaklari nazarda tutiladi.
2018 yil 1 martga qadar innovatsion texnologiyalarni qöllaş orqali davlat xizmatlari körsatişning yuqori sifati, tezkorligi, oçiqligini ta'minlaş, aholining davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini yanada oşiriş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Mas'ullar: Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Özavtosanoat, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, vazirlik va idoralar.
Sarf-xarajatlar 30 mlrd söm etib belgilandi, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari, vazirlik va idoralarning byudjyetdan taşqari mablağlari moliyalaştiriş manbalari böladi.
Mavzuga oid
Loyiha bilan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda:
davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan ta'minlaş, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etiş;
davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali körsatiş imkoniyatini yaratiş, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalarini amalga kiritiş;
olis hududlarda yaşovçi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini körsatiş amaliyotini joriy etiş nazarda tutiladi.
Jismoniy va yuridik şaxslarga körsatiladigan davlat xizmatlari tizimlaştirilişini nazarda tutuvçi Davlat xizmatlari yagona reyestrini şakllantiriş töğrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2018 yil 1 martga qadar Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar tomonidan işlab çiqiladi.
Loyihada:
davlat organlari va taşkilotlari tomonidan körsatiladigan barça davlat xizmatlarini xatlovdan ötkaziş natijasi böyiça ularning yagona reyestrini şakllantiriş;
reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini körsatiş taqiqlanişi nazarda tutiladi.
2018 yil 10 fevralga qadar davlat xizmatlari markazlarida “yagona darça” tamoyili asosida qöşimça ravişda yuridik şaxslarga 40 turdagi, jismoniy şaxslarga
19 turdagi davlat xizmatlarini körsatiş tartibini joriy etiş haqida normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Mas'ullar: Adliya vazirligi,
vazirlik va idoralar.
Loyiha bilan yöl xaritasi tasdiqlanadi va amaliy çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Bunda aholiga qulaylik yaratiş maqsadida Davlat xizmatlari markazlari binolarining hamda idoralararo elektron axborot almaşiş tizimining imkoniyatlaridan kelib çiqib, yangi joriy etiladigan davlat xizmatlarini “yagona darça” tamoyili asosida Markazlar orqali körsatiş nazarda tutiladi.
2018 yil 10 fevralga qadar ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatiga “Elektron hukumat” tizimini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi Axborot texnologiyalari vazirligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar tomonidan işlab çiqiladi.
Sarf-xarajatlar hisob-kitoblarga asosan böladi, Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari, vazirlik va idoralarning byudjyetdan taşqari mablağlari moliyalaştiriş manbalari böladi.
Loyiha bilan kompleks çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi. Rejada:
ma'muriy tartib-taomillarni optimallaştiriş;
boşqaruv jarayonlarini avtomatlaştiriş;
hududlar va mamlakat miqyosida yuzaga kelayotgan tahdid hamda muammolarga öz vaqtida
va munosib ta'sir körsatiş uçun axborot almaşişning samarali tizimini şakllantiriş nazarda tutiladi.
Yil davomida Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar tomonidan ijro etuvçi hokimiyat organlari soni, ular tuzilmasi va bölinmalari optimallaştirilişi munosabati bilan uşbu organlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi doirasini qayta körib çiqiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
respublika va hududiy ijro etuvçi hokimiyat organlari örtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etiş;
ijro etuvçi hokimiyat organlari va ularning hududiy tuzilmalari örtasida mavjud ştat birliklarini oqilona taqsimlaş, ular mas'uliyati doirasini aniq belgilaş;
taşkiliy-ştat tuzilmasining iqtisodiyot va jamiyatning real ehtiyojlariga, har bir ijro etuvçi hokimiyat organining yangi vazifalari, funksiyalari va faoliyatining ustuvorligiga muvofiqligini ta'minlaş;
ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatini rejalaştiriş va ular faoliyatini baholaş mezonlari;
ijro etuvçi hokimiyat organlarining takrorlovçi tarkibiy tuzilmalari va muassasalarini, şuningdek, vazifa hamda funksiyalari xususiy sektorga ötkaziladigan tarkibiy tuzilmalarni qisqartiriş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 iyunga qadar Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Boş prokuratura, vazirlik va idoralar tomonidan davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengaşlar, işçi guruhlar va boşqalar)ni tubdan qisqartiriş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengaşlar, işçi guruhlar
va boşqalar)ning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qiliş hamda samaradorligini baholaş;
doimiy xarakterga ega davlat-hokimiyat vakolatlarini aniq davlat organiga ötkaziş va qabul qilinayotgan qarorlar uçun şaxsiy javobgarlikni yuklaş orqali ularning sonini tubdan qisqartiriş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 iyulga qadar Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Boş prokuratura tomonidan hukumatning vazifalari va tuzilmasini takomillaştiriş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
Vazirlar Mahkamasining vazifalari va tuzilmasini optimallaştiriş;
Vazirlar Mahkamasi a'zolarining öz faoliyati sohasida şaxsiy mas'uliyatini yanada oşiriş;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining Vazirlar Mahkamasi bilan özaro hamkorlik prinsip va mexanizmlarini takomillaştiriş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 martga qadar Davlat raqobat qömitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Markaziy bank tomonidan davlat mulkini sotişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaşni keng joriy etiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
Internet tarmoğida davlat mulkini sotiş uçun yagona portal taşkil etiş;
davlat mulkini sotişda iştirok etuvçi sub'yektlar doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;
davlat mulkini real vaqt rejimida elektron tölov orqali sotiş tartibi nazarda tutiladi.
2018 yil 30 mart kuniga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar tomonidan davlat xizmatçilarining mehnatiga haq tölaş va ijtimoiy ta'minoti tizimini takomillaştiriş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi işlab çiqiladi.
Sarf-xarajatlar 510 mlrd söm etib belgilandi, davlat byudjyeti mablağlari esa moliyalaştiriş manbalari böladi.
Loyihada:
davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari xodimlariga iş haqlarini bazaviy tarif stavkalari asosida tölaşga ötkaziş;
davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib çiqib, rağbatlantiriş çoralarini köriş;
davlat idoralarida köp yillik xizmat qilgani uçun oylik iş haqiga ustamalar tölaş tizimini qayta körib çiqiş;
davlat xizmatçilari uçun davlat uy-joy fondini şakllantiriş;
idoraviy uy-joylar quriş dasturini işlab çiqiş nazarda tutiladi.
2018 yil 1 aprelga qadar Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qömitasi, vazirlik va idoralar, Boş prokuratura tomonidan nazorat vakolatiga ega ijro etuvçi hokimiyat organlarini ularning nazorati ostidagi xöjalik boşqaruv organlari hisobidan moliyalaştiriş amaliyotidan voz keçiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda nazorat vakolatiga ega ijro etuvçi hokimiyat organlarini (Özdavneftgazinspeksiya, Özdavenergonazorat va boşqalar) ularning nazorati ostidagi xöjalik boşqaruv organlari (“Özbekneftgaz” AJ, “Özbekenergo” AJ va boşqalar) hisobidan moliyalaştiriş tartibini bekor qiliş hamda ularni töğridan-töğri davlat byudjyeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriş nazarda tutiladi.
2018 yil 1 mayga qadar Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, DBA, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan xalq deputatlari Kengaşlari vakolatlarini yanada kengaytiriş orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş haqida Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada:
hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatidagi maqomini unda ijro etuvçi hokimiyat rahbari maqomini saqlagan va Xalq deputatlari kengaşlarining kotibiyatini tuzgan holda bekor qiliş;
xalq deputatlari Kengaşlarining ijro etuvçi hokimiyat organlari hududiy bölinmalari faoliyatini nazorat qiliş böyiça roli va mas'uliyatini oşiriş;
tegişli vakolatlarni hokimlarga bosqiçma-bosqiç ötkaziş orqali hududiy ijro etuvçi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuçaytiriş;
mahalliy vakillik organlarining nazorat borasidagi vakolatlarini yoritiş nazarda tutiladi.
2018 yil 20 oktabrga qadar Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Davlat statistika qömitasi, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibini soddalaştiriş maqsadida “Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada:
tijoratçi taşkilotlar – yuridik şaxslarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi;
banklarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi;
notijorat taşkilotlar – davlat organlari va muassasalarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi;
nodavlat notijorat taşkilotlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi nazarda tutiladi.
2018 yil 20 noyabrga qadar Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştiriş maqsadida “Hisob palatasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari hamda ularni amalga oşiriş mexanizmlari nazarda tutiladi.