Özbekiston texnik mutaxassislarini Rossiya aviasanoati bilan birgalikdagi işlar uçun tayyorlaş bilan Samara milliy tadqiqot universiteti öqituvçilari şuğullanadi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.

RF boş vaziri örinbosari Dmitriy Rogozin Rossiya aviasanoati bilan işlar uçun özbek mutaxassislarini tayyorlaydigan OTM nomini ma'lum qildi. Bu haqda siyosatçi ijtimoiy tarmoqda yozgan.

«Özbekiston texnik mutaxassislarini Rossiya aviasanoati bilan qöşma işlar uçun tayyorlaş bilan akademik S.P.Korolyov nomidagi Samara milliy tadqiqot universiteti öqituvçilari şuğullanişga tayyorlar», - deya yozgan u.

Avvalroq, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yilda respublikada aviatsiya sanoatini şakllantiriş va aerokosmik sanoatni yaratiş böyiça vazifa topşirgani ma'lum qilingandi. Loyiha 2035 yilga qadar möljallangan.