Özbekistonda 2018 yil 1 iyulga qadar Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksi loyihasi işlab çiqiladi. U fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oşiriş mexanizmlarini yanada takomillaştirişga qaratilgan. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va mamlakatni modernizatsiya qilişda 
Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuçaytiriş maqsadida işlab çiqiladigan Saylov kodeksi ustida Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Adliya vazirligi, AQHMI, FJŞMQMI, SMTI, TDYuU iş olib boradi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining uşbu qonuni loyihasida bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov töğrisidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib çiqib unifikatsiya qiliş, saylov jarayoniga nisbatan yagona şaffof va samarali yondaşuvlar nazarda tutiladi.