Turkiyada 2018 yil Troya yili deb e'lon qilindi. Şu munosabat bilan Turkiyaning Çanakkale şahri va şimoli-ğarbidagi qadimiy Troya şahrida bayram tadbirlari bölib ötdi.
“Troya – butun sivilizatsiyalar uçun ilhom manbai, afsonalar onasi, Şarq va Ğarbning uçraşgan va kuraşgan markazi, u noyob merosga ega. Bizga meros bölib qolgan bu qadimiy toşlarni nafaqat saqlab qolmoqçimiz, balki dunyo muzey va sayyohlik markaziga aylantirmoqçimiz”, deb aytdi Çanakkale gubernatori Orxan Tavli.
Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nö'mon Kurtulmuşning ta'kidlaşiça, Troyada alohida sayyohlik hududi yaratiladi.
“Troya yili doirasida biz Turkiya va butun dunyo böylab simfonik musiqa konsertlari, Troya haqida spektakllar uyuştirmoqçimiz. Troya boş mavzu böladigan önlab körgazmalarda iştirok etamiz. Universitetlar tadqiqotlar olib boradilar. Qisqa metrajli filmlar suratga olinadi”, deb ta'kidlab ötdi Kurtulmuş.
2018 yilda Troyaning YuNeSKO butunjahon merosi röyxatiga kiritilganining 20 yilligi nişonlanadi.












