2017 yil yanvar-dekabr oylarida Özbekiston yalpi içki mahsulotida (YaIM) xizmatlar uluşi 47,3%ni taşkil etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

2017 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar işlab çiqariş hajmi 116,8 trln sömni taşkil etdi va 8,9%ga ortdi.

Hajmning oşişi bir qator omillar ta'siri bilan izohlanadi, jumladan: bozorda yangi turdagi xizmatlarning paydo bölişi, kredit kartalari orqali tölovlar, Internet-savdo, yangi savdo-sotiq markazlari, ovqatlaniş korxonalari, mehmonxonalar oçiş, ta'lim xizmatlarini kengaytiriş, dam oliş sanoati.

Yuqori ösiş sur'atlari Toşkent şahrida (+14,6%), Navoiy (+7,0%), Sirdaryo (+6,0%), Andijon (+5,6%), Xorazm (+5,3%), Jizzax (+5,2%), Namangan (+5,0%) viloyatlarida, Qoraqalpoğiston Respublikasida (+6,0%) kuzatilmoqda.

Turar-joy va oziq-ovqat uçun xizmat körsatiş sohasida oziq-ovqat hamda içimliklarni yetkazib beriş böyiça xizmatlar ustunlik qilmoqda (84,6%). Turar-joy xizmatlari 15,4%ni taşkil etdi.

Aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari hajmida telekommunikatsiya xizmatlari (kabel va mobil aloqa xizmatlari, Internet, sun'iy yöldoş aloqasi xizmatlari hamda boşqalar) eng katta uluşga ega.

Transport xizmatlarining asosiy qismi yuk va yölovçilar taşiş böyiça xizmatlarga töğri keladi. Bu transportning tezkorligi va havo hamda temir yöllar bilan soliştirganda xizmatlar narxining nisbatan arzonligi bilan boğliq.