Şu kunlarda "Feysbuk" ijtimoiy tarmoğida boğça tarbiyaçisining bolaga bölgan qöpol munosabati borasidagi videolavha tarqaldi.

Maktabgaça ta'lim vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, vazirlik uşbu hodisaga e'tibor qaratdi va tegişli çoralar kördi.

Vazirlik va maktabgaça ta'lim muassasalari Toşkent şahar boş boşqarmasi tomonidan bu holatga darhol munosabat bildirilib, unga aniqlik kiritiş va çora körişni Maktabgaça ta'lim vaziri Agrepina Şin şaxsan öz nazoratiga olgan.

«Maktabgaça ta'lim vaziri, uning örinbosarlari, vazirlikning Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil etiş boşqarmasi mutasaddilari, Toşkent şahar boş boşqarmasi rahbariyati, Uçtepa tuman maktabgaça ta'lim muassasalari bölimi mutassadilari, Uçtepa tumanidagi 20-sonli bolalar boğçasi mudirasi va tarbiyaçilari, şuningdek, tarbiyalanuvçi va uning ota-onasi iştirokida tezkor yiğiliş bölib ötdi.

Aniqlanişiça, Sadoqat Qurbonovna Rahmatullayeva 2017 yilning aprel oyida Uçtepa tumanidagi 20-maktabgaça ta'lim muassasasiga tarbiyaçi vazifasiga işga qabul qilingan. Ma'lumoti örta-maxsus. Boğça mudirasi va bolaning ota-onasi bilan bölgan suhbatdan şu narsa ma'lum böldiki, Rahmatullayeva faoliyati davomida öz tarbiyalanuvçilariga nisbatan qöpol munosabatda bölgan (haqoratli sözlar bilan sökiş, jismoniy kuç işlatiş, tahdid qiliş, masxara qiliş) va bu borada ota-onalar tomonidan bir neça bor şikoyatlar ham kelib tuşgan. Boğça mudirasi bir neça bor ota-onalar va uçastka noziri iştirokida yiğiliş ötkazib, bayonnoma tuzgan bölsa-da, aksariyat ota-onalar Rahmatullayevani öz işida qoldirişni iltimos qilişgan. Şu bois aniq dalil yöqligi tufayli bu holatlarga barham beriş orqaga surilavergan. Uşbu gumonlar va gap-sözlarga çek qöyiş maqsadida, boğça mudirasi N.Isayeva öz taşabbusi bilan guruhlarda videokuzatuv kamerasini örnatgan. Şu bois S.Rahmatullayevaning keyingi bahonalari kor bermaydi.

Sodir bölgan noxuş voqeaning tafsilotlariga töxtaladigan bölsak, joriy yilning 8 yanvar kuni tarbiyaçi Rahmatullayeva guruh tarbiyalanuvçisi M.A.ni (2011 yilda tuğilgan) jahl bilan devorga itarib yuborgan va bola zarbdan yiqilgan. Sadoqat Rahmatullayeva esa tarbiyaçining ota-onasiga qönğiroq qilib, «Yugurib yurgan bolangiz özidan-özi muvozanatini yöqotib yiqildi», deb bahona qilgan.

Ota-ona uşbu voqeaga aniqlik kiritiş maqsadida 2018 yilning 9 yanvar kuni boğça mudirasiga şikoyat qilgan. Boğça mudirasi Nilufar Isayeva masalaga aniqlik kiritiş maqsadida video kuzatuvdagi tasvirlarni ularga körsatgan.

Ğazab otiga mingan ota-ona uşbu holatni qöl telefonlariga yozib olişgan va mazkur tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgan.