Endi davlat xizmatiga joylaşişda uç bosqiçli sinov amaliyoti ötkaziladi. Bu birinçidan - test sinovlari, ikkinçidan - yozma imtihon, uçinçidan - suhbat. Bunday amaliyot davlat xizmatiga işga olinayotgan nomzodning xususiyatlarini töliq kaşf etib, uning raqobatbardoşligini aniqlaş imkonini beradi. KUN.UZ muxbiri Özbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Z.Umarovning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Umarovning ta'kidlaşiça, mazkur loyihani işlab çiqişda 40 dan ortiq ilğor mamlakatlarning tajribasi örganilgan va barça zarur jihatlar inobatga olingan.

Şuningdek, vazirlik tomonidan "Davlat xizmatçilarini moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy ta'minlaş tizimini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar  töğrisida"gi qaror loyihasi işlab çiqilmoqda. Unda davlat xizmatçilari faoliyatining natijaviyligi va samaradorligi, şuningdek oğir şaroitlarda mehnat qilayotganlar uçun qöşimça tölovlar, ustama haqlar tölanişi közda tutilmoqda.

Davlat xizmatçilarining maxsus rejimiga alohida e'tibor qaratiş qonunçiligimizda yangilikdir. Endi davlat xizmatçilari belgilangan vaqtdagi işçi soatidan ortiq mehnat qilgan taqdirda, ularga tegişli kompensatsiyalar taqdim etiladi. Asosiy kompensatsiya - qöşimça mehnat ta'tili bölib, u uç kundan kam bölmagan qöşimça ta'tilni öz içiga olgan böladi.