«Bavariya»ning sobiq ustozi Karlo Ançelotti Londonning «Arsenal» klubini boşqaradi. London klubi rahbariyati Arsen Venger bilan şartnomani uzaytirmaslikka va uning örniga yozda italiyalik mutaxassisni taklif etişga qaror qilgan.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga köra, Karlo Ançelotti bu taklifga rozilik bergan. APLda işlaş tajribasiga ega (u öz vaqtida «Çelsi»da işlagan) bu 58 yoşli murabbiy 4 yillik şartnoma tuzadi va unga yiliga 10 mln yevro miqdorida maoş tölanadi.
Joriy mavsumda «Arsenal» kutilganidek iştirok eta olmayapti va ayni vaqtda turnir jadvalida oltinçi örinda ketmoqda. Jamoa Angliya Kubogini tark etgan, Yevropa Ligasida guruh bosqiçidan çiqqan.
Hozirça Vengerning kelajagi borasida aniq bir qarorga kelingani yöq. Biroq «Emireyts»da fransuz mutaxassisi bu safar şartnomasi tugaguniga qadar jamoada qolmasligiga işonç ortib bormoqda.
Qayd etib ötiş kerak, «Arsenal» oldindan Vengersiz kelajakka tayyorgarlikni boşlab yuborgan. Joriy mavsum boşida klub sport direktori lavozimini joriy qildi. Şuningdek Vengerning çegara bilmas vakolatlarini çeklaş maqsadida klub rahbariyatida Svena Mislintata va Raul Sanllexi iş boşladi. Ilgari Venger jamoada köp jihatlarga javob bersaYu hozirga kelib uning vakolatlari faqat murabbiylikka qadar qisqargan.
Ançelottidan taşqari klub boş murabbiylik uçun, «Mançester Siti»da Gvardiolaga yordamçilik qilayotgan, sobiq jamoa sardori Mikel Arteta va yozda «Yuventus» bilan 2020 yilga qadar şartnomasini uzaytirgan Massimiliano Allegri nomzodlarini ham körib çiqmoqda.












