Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrda «Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Davlat test markazi Axborot xizmatining xabar berişiça, sohada bir qator özgarişlar yuz bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, mazkur qaror asosida OTMda 2018/2019 yilgi öquv mavsumida ötkazilişi belgilangan qabul imtihonlari quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

1. Test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar ötkaziladi.

2. Kiriş test sinovlari natijalari test sinovi ötkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb saytida e'lon qilinadi.

3. Test sinovlari Toşkent şahrida «Özekspomarkaz» Milliy körgazmalar majmuasi pavilonlarida, unga yondoş qöşimça yiğma pavilonlarda, katta siğimdagi binolarda, viloyatlarda Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boşqa taşkilotlarga tegişli siğimi katta binolarda ötkaziladi.

4. Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san'at, dizayn, tasviriy va amaliy san'at, musiqiy ta'lim, san'atşunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta'lim yönalişlarida test sinovlari bölmaydi.

5. Test sinovi ötkaziladigan binolarga abituriyentlarni şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar orqali kiritilişi, jarayonni yoritiş uçun monitorlar örnatilişi belgilandi. Abituriyentlarning ota-onalari uçun test sinovlarini videokuzatuv orqali onlayn rejimda kuzatib boriş imkoniyatlari yaratiladi.

6. Davlat test markazi xodimlarining soni keskin köpaytirilgan tuzilmasi qabul qilinmoqda.

7. Davlat test markazi faoliyatini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilmoqda.