AQŞning Berklisidagi Lourens nomli Milliy laboratoriya olimlari ikkita meteoritda suv va murakkab kimyoviy birikmalarni aniqladi. Sayyoraşunoslar fikriça, topilma sayyoraga qulagan kosmik jismlar Yerda hayot boşlanişiga olib kelgan bölişi mumkin ekanidan dalolat beradi. Tadqiqotçilar işi Phys.orğda e'lon qilindi.
Mutaxassislar Yerga 1998 yilda qulagan meteoritlar içidagi toş tuz kristallari kimyoviy tarkibini örganib çiqişdi. Rentgen suratlarini şuni körsatdiki, kristallar içida tuz bilan töyingan suvli eritma va organik molekulalar bölgan. Jumladan, Yerda muhim biologik örin tutuvçi aminokislotalar, uning avvalgi variantlari, uglevorodlar va boşqa birikmalar borligi aniqlandi.
"Moviy tuz kristallari hajmi ikki millimetr bölgan, ular hayot tuğilişi uçun yetarli organik birikmalar va elementlarning öziga xos omboridir", - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Kuini Çan. Uning ta'kidlaşiça, Yerdan taşqaridagi obektda şunday elementlar birikmasining borligi tarixda birinçi marta qayd etildi.
Tadqiqot mualliflarining sözlariga köra, meteoritlar kristallaridagi molekulalar taxminan 4,5 mlrd yil muqaddam noma'lum şaroitlarda sintezlangan. Taxminlarga köra, u Mars va Yupiter örtasidagi asteroidlar belboğida joylaşgan Tserera mitti sayyorasida paydo bölgan.
Olimning fikriga köra, ularning yangiligi ibtidoiy hayot Quyoş tizimining boşqa joylarida ham bölganidan, şuningdek, asteroidlar va planetoidlar bölaklarida sayyorlar örtasida harakatlaniş imkoni borligidan dalolat beradi.












