Samsung korporatsiyasi Las-Vegasdagi CES 2018 körgazmasida yopiq uçraşuv ötkazdi, unda taxlama ekranga ega smartfon taqdim etilgan. Bu haqda The Investor uçraşuvda iştirok etgan manbaga asosan xabar bermoqda.

«Samsung Display’ning ma'lum qilişiça, 7,3 dyuymli taxlama displeyni yaratgan va işlab çiqarişni joriy yil oxirida boşlaşni rejalaştirmoqda», - deya ma'lum qilgan manba.

Uçraşuvda ta'kidlaşlariça, mexanizm uzoq muddat işlaş imkoniga ega emas hamda mutaxassislar muammoga yeçim topiş ustida işlaşmoqda. Kutilişiça, taxlama ekranlarga ega smartfonlarni işlab çiqariş 2018 yilning noyabrida boşlanadi, uni işlab çiqiş işlari esa deyarli yakunlangan.

Samsunğdan Galaxy X nomi ostidagi egiluvçan smartfon haqida miş-mişlar ançadan beri bor. Uning taqdimoti 2016 yil oxirida bölib ötişi kutilgandi. Biroq, Galaxy Note7 modeli bilan boğliq muammolar tufayli taxlama smartfonning anonsi 2017 yilning oxiriga qoldirildi. Keyinçalik bu sana yana keçiktirildi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, qurilma ekrani ikkala yönalişda ham bukiladi, AMOLED-panelni esa zarar yetkazmagan holda 12 millimetrga çöziş mumkin böladi.