13 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari böyiça press-brifing muhokamasi bölib ötdi.
Ma'lum qilinişiça, 2018 yilda Özbekistonda «Fan töğrisida»gi qonun qabul qilinadi. Bu haqda xabar bergan Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Azimjon Nazarov «Özbekiston Respublikasida Innovatsion faoliyat töğrisida»gi qonun ham qabul qilinişini ta'kidlab ötdi.
«Hozirgi holatda mamlakatda innovatsion şaroit qanday ekanini aniqlaş, qaysi sohada innovatsion yondaşuv kamligi örganiladi. Şuningdek, davlat tomonidan innovatsion rivojlanişni tartibga soliş mexanizmlari ham körib çiqilmoqda», deb fikr bildirdi vazir örinbosari.
Muhokamada «davlat dasturida közlangan islohotlarning deyarli barçasi innovatsion yondaşuv orqali amalga oşirilişini inobatga olib, vazirlik xalqaro tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikni yölga qöygani» ma'lum qilindi.












