Afrika davlatlari AQŞ prezidenti Donald Trampdan joriy haftada AQŞ kongressi a'zolari bilan yopiq uçraşuvda “qora” qit'a davlatlari nomiga aytgan qöpol sözlari uçun uzr söraşni talab qilişmoqda. Bu haqda BMTdagi Afrika davlatlari guruhining qöşma bayonotida aytilgan.

Hujjatda Afrika davlatlari “AQŞ prezidenti aytgani ta'kidlanayotgan kurakda turmaydigan, irqiy va ksenofob sözlardan juda larzaga kelganlari va ularni qat'iy qoralaşlari” hamda Trampdan “aytgan sözlaridan qaytişni va uzr söraşni” talab qilişayotgani aytilgan. Afrika davlatlari AQŞ ma'muriyatining “Afrika qit'asi va turfa rangdagi aholini yomonotliq qiliş”ga intilişidan taşviş bildirişmoqda. Ular Trampning sözlarini qoralagan amerikalik fuqarolarga minnatdorlik bildirişgan va Tramp kamsitgan Haiti va boşqa davlatlar bilan birdam ekanliklarini aytişgan.

Trampning dunyo hamjamiyatining keskin munosabatiga sabab bölgan sözlari uning Oq uyda kongressmenlar bilan uçraşuvi davomida yangragan. Bu haqda uçraşuvda iştirok etganlarga iqtibos keltirgan holda CNN xabar bergan. CNN ma'lumotlariga köra, senator-demokrat Dik Durbin immigratsiya muammosini muhokama qiliş vaqtida Haitini eslaganda, Tramp nima uçun kimdir AQŞga Haiti va Afrika davlatlari kabi “qalanği-qasanği davlatlar”dan muhojirlar kelişini istaşini söragan. U AQŞga Norvegiya kabi rivojlangan davlatlardan odamlar kelişiga intiliş lozimligini uqdirgan. Keyinroq Tramp bunday qöpol sözlarni işlatmaganini ta'kidlagan.  

Biroq bir qator davlatlar Trampning sözlariga keskin norozilik bildirgan. Şuningdek, BMT rasmiy şaxslari ham bu sözlarni e'tiborsiz qoldirişmagan: BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi rasmiy vakili Rupert Kolvill Trampning sözlarini gangituvçi, şarmandali va irqçilikka yöğrilgan deb atagan.