Peruning Tinç okeani yuvib turuvçi qirğoqlari hududida kuçli zilzila röy berdi. AQŞ Geologiya xizmati (USGS) ma'lumotiga köra 7,3 magnitudali yer silkinişi kuzatilgan.

Qayd etilişiça, dastlabki yer silkinişi tun mahali qayd etilgan. Uning episentri Akari şaharçasidan 31 kilometr janubi-ğarbda, Yauka şaharçasidan 19 kilometr masofada joylaşgan. Zilzila öçoği 10 kilometr çuqurlikda.

Ayni vaqtda tabiiy ofat talofatlari haqida aniq ma'lumotlar yöq. Hududda sunami tahdidi paydo bölgan. Tsunami vaqtida quruqlikdagi suv balandligi 1 metrgaça kötarilişi mumkin.