Turkiya Qurolli kuçlari ötgan kun davomida Suriya şimoli-ğarbidagi Afrin tumanida suriyalik kurdlarning özini özi mudofaa qiliş kuçlari (YPG) nazorati ostidagi hududlarga kamida 40 marta zarba berdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga köra, Turkiyaning Xatay viloyatidagi artilleriya kuçlari tomonidan zarbalar yöllangan.
Bu zarbalar Turkiyaning çegara hududi öqqa tutilganiga javoban berilgan. Javob zarbalari kurdlarning Basufan, Jinder, Memelen, Meskenli va Rajo tumanlariga berilgan.
Bundan vvalroq Anqara YPĞni harbiy jihatdan qöllab-quvvatlayotgani uçun Vaşingtonni bir neça bor tanqid qilgan edi. Turkiya kurdlarning bu taşkilotini Kurdiston işçilar partiyasi qatorida terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydi.












