Çimkentdagi töy uçun rossiyalik qandolatçi Renat Agzamov tomonidan narxi 179 ming dollar bölgan, balandligi 4,2 metr keluvçi tort tayyorlandi. 

Ğaroyib tort tasvirlangan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Renat Agzamovning Instagram’dagi sahifasida yozişiça, uning jamoasiga tört metr keladigan tortni tayyorlaş uçun uç kun talab etilgan.

 

A post shared by RENAT AGZAMOV (@renat_agzamov) on

Musiqiy prodyuser Jan Mukanovning Telegram kanalida xabar berişiça, tort Çimkentdagi töy marosimi uçun maxsus tayyorlandi.

"Keça Çimkentdagi Rixos mehmonxonasida ajoyib töy bölib ötdi! Mehmonlar orasida juda köp yulduzlar bor edi – Valeriya, Şon, boksçi Gennadiy Golovkin. Yoş oilaga baxt tilayman!" – deya yozdi Mukanov Telegram’da.

Uning aniqlik kiritişiça, töyni ötkazgan oilani yaxşi taniydi. "Juda yaxşi odamlar va boyliklarini, işonçim komilki, halol yöl bilan işlab topişgan", - deya yozdi Mukanov.