Airbus Yevropa aviasozlik kompaniyasi 2017 yilda samolyotlarga olingan buyurtmalar böyiça Boeinğni ortda qoldirdi.
Airbus’ning yillik faoliyat körsatkiçlari töğrisidagi xabarda aytilişiça, kompaniya ötgan yili 44 mijozdan 1109 ta samolyotga buyurtma oldi. Şu bilan birga, Boeing ma'lumotlariga köra, Amerika korporatsiyasida buyurtmalar soni 912 tani taşkil etdi.
Airbus xabarida ta'kidlanişiça, kompaniya ötgan yilda 718 ta maşina yetkazib berdi, bu 2016 yil bilan taqqoslaganda 4 foizga köp. Xabarga köra, samolyotlar 85 ta mijozga yetkazib berildi.
Airbus prezidenti va boş direktori Fabris Brejyening qayd etişiça, bu “buyuk yutuq jamoaning işga sodiqligidan dalolat beradi hamda kompaniyani yangi imkoniyatlarga yanada işonçli, kuçli va tayyor qiladi”.
Bundan taşqari, Airbus dunyodagi eng yirik seriyali avialayner Airbus A380’ni işlab çiqarişni töxtatişga majbur bölişi mumkin. Bu agarda BAAdan Emirates aviakompaniyasi bu samolyotlarga yangi buyurtma joylaştirmasa yuz beradi. Bu haqda Airbus tijorat direktori Jon Lixi ma'lum qilgan.
"Rostini aytganda, agarda Emirates bilan bitimga erişa olmasak, dasturni töxtatişdan boşqa yölimiz qolmaydi", - deya uning sözlarini keltirgan AFP.
Airbus A380’ni işlab çiqarişni töxtatişi mumkinligi haqida Reuters agentligi ham dekabr oyida manbalarga tayangan holda xabar bergandi. Uning ma'lumotlariga köra, Airbus va Emirates örtasida taxminan 16 mlrd dollarga 36 ta samolyotni sotib oliş böyiça muzokaralarda aniq bitimga erişilmagan.
Airbus A380 – dunyodagi eng yirik seriyali yölovçi avialayneri bölib, uning birinçi versiyasida maksimal siğim 853 kişini, maksimal parvoz massasi 575 tonnani taşkil etadi, qanotlari kengligi 79,7 metr, maksimal parvoz masofasi 15,2 ming kilometr, kreyserlik tezligi 945 km/s.












