2018 yilda Ispaniya, Ukraina, Indoneziya mamlakatlariga aviareyslar oçiladi. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov

"Joriy yilda Ispaniya, Ukraina, Indoneziyaga aviareyslar yölga qöyilişi kutilmoqda. Yana qator mamlakatlarga reyslar soni oşiriladi", - dedi A.A.Abduhakimov.

Qömita raisi şu örinda biror yangi reysni yölga qöyiş ulkan işlarni talab qilişini ta'kidlab ötdi. Yangi yönalişni oçgandan keyin uning muntazam tölişi, dastlabki jarayonni yölga qöyiş, aviatsion xavfsizlik bilan boğliq köplab masalalar hal qilinişi kerakligi qayd etildi.

"Biz "Özbekiston havo yöllari"ga bir neça taklif beryapmiz. Albatta, ularda ham xavotir bor - agar hozir aviatsiya bozorini yoppasiga oçadigan bölsak, milliy taşuvçini yöqotib qöyişimiz mumkin. Yaxşi xabaringiz bor - Qirğiziston, Armaniston kabi qator mamlakatlarda şunday vaziyat kuzatilgan. Bu masalada bir tomonlama yondaşiş kerak emas. Biz ham albatta, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi sifatida köp aviataşuvçilar kelişi, loukosterlar bölişi tarafdorimiz, biroq boşqa tomondan, biz milliy aviataşuvçini yöqotib qöyişimiz mumkin", - dedi Aziz Abduqahhoroviç.

Şuningdek, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi "Özbekiston havo yöllari"ga respublikadagi asosiy aeroportlar - Toşkent, Samarqand, Buxoro, Urganç aeroportlarigagina emas, balki Qarşi yo Farğona aeroportlariga ham qatnovlarni yölga qöyiş va şu yöl bilan mahalliy iqtisodiyotni kötariş taklifi berilayotganini qöşimça qildi.