Yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joy oliş uçun talabgorlarga yozma tavsiyanomani endi tuman hokimligi huzurida tuzilişi rejalaştirilgan komissiya taqdim etişi belgilanmoqda. Bu haqda «Qişloq quriliş invest» MÇJ injiniring kompaniyasi mutasaddi vakili Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

«​Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga muvofiq, uy quruvçining fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturida iştirok etişi tartibi töğrisidagi nizom qabul qilingan.

Unga köra, dasturda iştirok etiş uçun ariza beruvçiga fuqarolarning özini özi boşqariş organlari (mahalla) tomonidan beriladigan yozma tavsiya birlamçi hujjat hisoblangan. Boşqaça qilib aytganda, uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan oila, deb topilgan talabgorga ana şunday yozma tavsiya beriş nazarda tutilgandi.

Afsuski, ayrim holatlarda uşbu vakolatni suiiste'mol qilib, mansabdor şaxslar haqiqiy uyga muhtoj bölgan oilalarga emas, öziga töq, uy-joyi yetarli bölgan kişilarga ham tavsiyanoma bermoqda. Buni 2018 yilda özgartirib, tegişli tavsiyanoma va xulosani tuman hokimligi huzurida tuzilişi rejalaştirilgan komissiya tomonidan taqdim etilişi belgilanmoqda»​, deydi u.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomga köra, «boşqa oila yoxud boşqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yaşovçi oila; köp bolali oilalar; töliq bölmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); tarkibida birinçi guruh nogironi bölgan yoxud surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yaşaşga ehtiyoj sezuvçi şaxs bölgan oila; kam ta'minlangan oilalar, şuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bölmagan oilalar - uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan oila» hisoblanadi.