Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ma'lumotiga köra, har yili 1 milliard kişi jahon böylab sayohat qiladi. Özbekiston ham bu industriyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda iş örinlari yaratiş, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, hududlarni jadal rivojlantiriş, valyuta tuşumlarini köpaytiriş, aholi daromadlari va turmuş darajasini oşiriş kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qiliş uçun keng salohiyatga ega bölgan turizm sohasini rivojlantiriş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizmni rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi Qarorida turizm sohasini jadal rivojlantiriş uçun qulay iqtisodiy, ma'muriy va huquqiy muhitni yaratgan holda, aeroportlar, temir yöl vokzallari, mehmonxonalar va boşqa turizm obektlarida xalqaro tölov tizimlari bilan işlaydigan bankomat va terminallar miqdorini köpaytiriş, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga tölovlarni çet el valyutasida qabul qiliş, jumladan, aloqasiz elektron tölovlarni joriy qiliş böyiça qöşimça qulayliklar yaratiş belgilab berilgan.

Mazkur Qaror ijrosini ta'minlaş doirasida ATB “Qişloq quriliş bank” tomonidan tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, bank tomonidan Xiva şahrida joylaşgan Içan-qal'a majmuasida Valyuta ayirboşlaş şoxobçasi taşkil qilindi hamda mazkur majmua xalqaro tölov kartalarini qabul qiladigan terminallar bilan ta'minlandi. Şuningdek, bankning Buxoro, Qarşi, Xiva, Urganç, Nukus va Navoiy şaharlaridagi filiallarining mijozi bölgan mehmonxonalar hamda turizm operatorlari xalqaro tölov kartalarini qabul qiladigan terminallar bilan ta'minlangan.

Bundan avvalroq “Qişloq quriliş bank” Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda UPI xalqaro tölov tizimi plastik kartoçkalarini UZCARD tölov tizimi terminallarida qabul qiliş loyihasini muvaffaqiyatli yakunlaganligi xabar berilgandi

Mamlakatimizda ilk bor joriy etilayotgan bu amaliyot Özbekiston bank-moliya xizmatlari bozori uçun muhim yangilik hisoblanadi.

Endilikda savdo va xizmat körsatiş şoxobçalariga örnatilgan “Qişloq quriliş bank” terminallarida bir vaqtning özida UZCARD va Unionpay International xalqaro tölov tizimi kartoçkalarini qabul qiliş imkoniyati paydo böldi. Bugungi kunda sayyohlar köp taşrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlaridagi savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida joylaştirilgan terminallarni uşbu xizmatga ulaş işlari boşlab yuborildi. Bu xizmatning joriy etilişi ham xorijlik mehmonlarga qöşimça qulayliklar yaratadi.