AQŞ kongressining vakillar palatasidagi respublikaçilar yetakçisi Kevin Makkarti mamlakat prezidenti Donald Tramp qulupnay va olça mazasiga ega obakidandon (konfet)ni yaxşi körişi haqida aytib berdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Makkartining aytişiça, Tramp bilan Vaşingtonga prezidentlik samolyotida parvoz qilişayotganda, u faqat qizil va puşti rangdagi Starbursts obakidandonini iste'mol qilgan.

«Biz kiçik desert ustida ötirgandik, şu paytda u menga obakidandon taklif qilib qoldi», - deya qöşimça qilib ötgan kongressmen.

Keyinçalik Trampning yordamçilari Makkartiga prezident faqat qizil va puşti rangdagi obakidandonni yaxşi körişi haqida aytib berişgan.