Xitoyning Guangzhou Automobile Group Co. avtomobil işlab çiqaruvçisi AQŞ bozorida Trumpchi brendi nomini Amerika prezidenti Donald Trampning familiyasi bilan öxşaşligi tufayli özgartiradi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
«Trumpchi» nomi 2010 yildan beri işlatiladi hamda xitoyçadagi «çuantsi» sözi bilan boğliq, u esa «noodatiy va hayratli nimadir» deb tarjima qilinadi.
Kompaniya Amerika bozoriga kirişdan avval tadqiqot ötkazdi hamda Trampning familiyasi bilan öxşaşlik ular uçun salbiy oqibatlarni olib kelişi mumkinligini aniqladi. Yangi nom esa hali öylab topilmagan.












