Google korporatsiyasi özining YouTube'dagi servisida monetizatsiya qoidalarini özgartirmoqçi - u mezonlarni kuçaytirib, roliklar mualliflariga reklama namoyişi uçun pul işlab oliş imkonini taqdim etmoqçi. 

Kompaniya öz blogida ma'lum qilişiça, endi uning xodimlari video mualliflariga öz kontentida reklama namoyiş qilib pul işlaş imkonini beruvçi şeriklik dasturida işlaşga da'vogar har bir kanalni qoidalarga muvofiq kelişini alohida tekşirib çiqişadi.

Bundan avval YouTube öz foydalanuvçilariga reklama namoyişiga ruxsat berişi uçun ularning kanalidagi video umumiy hisobda kamida 10 ming marta körilişi kerak bölardi. Endi esa şeriklik dasturiga qöşiliş şartlari sifatida quyidagilar keltirildi: kanal obunaçilari soni ming nafardan kam bölmasligi, sönggi yilda kamida 4 ming soat körilgan bölişi kerak, deyiladi Google'da.

Bundan taşqari, kompaniya Google Preferred dasturiga tuşuvçi kontentni qat'iyroq filtrlamoqçi. Google Preferred dasturi doirasida reklama beruvçilarga YouTube'ning eng maşhur kanallari paketlari sotiladi. 

Google qator mojarolardan keyin reklama namoyişi qoidalarida özgarişlar qilişga qaror qildi. Sönggi oylarda reklama beruvçilar ularning mahsuloti servis qoidalarini buzadigan yoki baxsli kontent (zöravonlik, nojoiz leksika, irqçilik körinişlari) mavjud bölgan videoroliklar davomida namoyiş etilişidan şikoyat qilişayotgandi. 

"Şubhasiz, 2017 yil servis uçun oğir keldi, biz jamiyat va reklama hamkorlarimizga boğliq bölgan qator muammolarga duç keldik", - deyiladi Google bayonotida. Korporatsiyada ta'kidlanişiça, u "reklama beruvçilarni nojoiz kontentdan himoyalaş" uçun zarur çoralar köriladi.

Google'ga köra, monetizatsiya qoidalaridagi özgarişlar va YouTube'dagi maşhur videolarni saralaş işlari fevral oyi örtalaridan kuçga kiradi.