Özbekistondagi ijtimoiy munosabatlarning atigi 2 foizi qonunlar bilan tartibga solingan. Xorijiy mamlakatlarda bu raqam 90 foizni taşkil etadi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Sarvar Otamurodov parlamentning quyi palatasida Prezident murojaatnomasi yuzasidan mahalliy va xorijiy OAV vakillari uçun taşkil etilgan matbuot brifingida şu haqda ma'lum qildi. 

Sarvar Otamurodov. Foto: KUN.UZ

Otamurodov Özbekistondagi muhim siyosiy tadbir, Prezidentning parlamentga murojaatidan söng, Oliy Majlis vakillarining OAV bilan uçraşuvi ilk marta bunday formatda taşkil etilayotganini e'tirof etdi. 

“Biz ham mintaqalarda bölib, xalq bilan uçraşuvlar ötkazyapmiz. Mavjud muammolarni örganib, ularni hal qiliş yöllarini muhokama qilmoqdamiz. Bu muammolarni esa, qonun orqali hal qiliş mumkin, xolos.

Prezident öz murojaatida şunday statistik ma'lumotni keltirdiki, unga köra, 2017 yilgi işlab çiqilgan qonunlarning 20 foizi deputatlar taşabbusi bilan işlab çiqilgan. Bu köpmi yoki kammi, degan xolis savol tuğiladi. 2016 yil bilan qiyoslaganda köp, albatta. Ammo 2017 yil 12 iyuldagi uçraşuvda qöyilgan vazifalar kölami bilan taqqoslaganda kam. 

Foto: KUN.UZ

Qolaversa, parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarning aksariyati prezident va hukumat qaror hamda farmonlarini tasdiqlaşdan iborat bölgan. 

Bundan taşqari, 2016-2017 yillarda qonunçilik faoliyatida rejalar tuzilgan, biroq ular oddiy fuqarolar, aholi manfaatlarini e'tiborga olganmi, degan savolga ijobiy javob berib bölmaydi. 

Bugungi kunda Özbekistondagi ijtimoiy munosabatlarning 2 foizigina qonunlar bilan tartibga solingan. Rivojlangan davlatlarda bu körsatkiç 90 foiz atrofida. Şundan kelib çiqib, aytiş mumkinki, qonun ijodkorligi borasida hali köp işlar qiliş lozim”, - dedi Sarvar Otamurodov.