Amerikalik senatorlar guruhi 17 yanvarda AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning nomiga “Amerika duşmanlariga sanksiyalar yordamida kuraşiş töğrisida”gi qonunni amalga oşiriş doirasida maxsus ma'ruzani tayyorlaşda Rossiya boş prokurori Yuriy Çayka va tadbirkor Alişer Usmonovga e'tibor qaratiş taklifi bildirilgan maktub yöllaşgan.

“Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlar qatoridan bölgan, Rossiya va dunyo matbuotidagi xabarlarga hamda korrupsiyaga qarşi tergovlar olib boruvçilar bayonotlariga köra, köplab korrupsiya holatlariga aralaşgan şaxslarga e'tiboringizni qaratmoqçimiz. Ular tuzgan ba'zi bitimlar AQŞ fuqarolari va kompaniyalariga ta'sir qilgan, bu esa xorijiy korrupsiyaga qarşi qonunning buzilişi mumkinligidan darak beradi”, deyilgan maktubda.  

Uşbu maktubni senatorlar Marko Rubio, Lindsi Grem, Rojyer Uiker va Kori Gardner imzolaşgan. Maktub matni Uiker saytida joylaştirilgan.

Senatorlarning ta'kidlaşiça, Çayka va Usmonov Rossiya rahbariyati bilan boğlangan va şu sababli nomlari davlat departamenti tayyorlayotgan sanksiyalar haqidagi ma'ruzaga kiritilişi kerak.

“Siz Rossiya rasmiy şaxslari va oligarxlari tomondan amalga oşirilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi barça xabarlarni sinçkov örganasiz, deb işonamiz”, deb aytilgan maktubda. 

AQŞ kongressi 2017 yilda “Amerika duşmanlariga sanksiyalar yordamida kuraşiş töğrisida”gi qonunni qabul qilgan. Qonunga köra, AQŞ davlat kotibi, moliya vaziri va milliy razvedka direktori 2018 yil yanvari oxirigaça kongressga Rossiya rahbariyati bilan yaqin aloqalarga ega şaxslar röyxatini taqdim qilişlari va bu şaxslarga sanksiyalar kiritiş mumkinligiga baho berişlari kerak.