2017 yilning törtinçi çoragida Apple korporatsiyasining AQŞ smartfonlar bozoridagi uluşi 10 foizga oşdi. 9to5mac CIRP'ning şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi. Manbada keltirilişiça, bunda iPhone X asosiy rolni öynagan.
2017 yil dekabr oyi oxirlariga borib AQŞdagi iPhone sotuvlari umumiy hisobdan 39 foizni taşkil qilgan, sentabrda esa bu körsatkiç 29 foizni qayd etgan. CIRP hammuassisi va şerigining ma'lum qilişiça, Apple'ning öz vatani bozoridagi ösişida kompaniyaning uç yangi smartfoni, ayniqsa iPhone X katta ahamiyat kasb etgan.
Yangi smartfon foydalanuvçilarni öz brendidan taşqari yangilangan dizayni va yangi texnologiyalari, xususan yuzdan taniy oluvçi Face ID tizimi bilan ham jalb qildi.
Tahlilçilar bu "olma" kompaniyasi uçun katta yutuq ekaniga işonç bildirişmoqda. Xuddi şu davrda Samsung uluşi öz sotuvlari umumiy sonidan 32 foizga yetgan. Şu tariqa Apple 7 foiz farq bilan AQŞ smartfonlar bozoridagi yetakçiligini saqlab qoldi.












