iPhone smartfonlari foydalanuvçilari tez orada öz qurilmalari faoliyati sekinlaşuvini öçiriş imkoniga ega bölişadi. Apple korporatsiyasi boş direktori Tim Kuk ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida şu haqida xabar berdi. 

U kompaniya smartfonlar uçun yangilaniş çiqarişi va bu iPhone egalariga batareya holati va ularning qurilmasi sekinlaşgan yoki yöqligi haqida ma'lumot oliş imkonini beradi. "Kutilmagan yuklanişning oldini oliş maqsadida biz smartfonlar faoliyati biroz sekinlaştirilişidan ogohlantiramiz. Agar siz buni istamasangiz, uni öçirib qöyişingiz mumkin böladi", - dedi Kuk.

U mazkur funksiyani öçiriş tavsiya etilmasligini qöşimça qildi. 

Ötgan yilning oxirida korporatsiya özining eski modellari faoliyatini sekinlaştirganini tan olgandi. Bunga ulardagi litiy-ion batareyalarining vaqt ötgandan keyin kuçi yöqolişi va sovuq havoda qurilmadan foydalaniş vaqtida quvvati qolmasligi mumkinligi bilan izohlandi. Smartfonlar faoliyatidagi kutilmagan nosozliklar yuzaga kelmasligi uçun kompaniya iOS operatsion tizimiga resurslar yetişmovçiligida muayyan funksiyalar bajarilişini sekinlaştirişga doir özgarişlar kiritdi. Kompaniya buning uçun iste'molçilardan uzr söradi va eski modellarning yangi akkumulyatorlari narxini pasaytirdi.