«Barselona» himoyaçisi Jyerar Pike kataloniyaliklar bilan tuzgan şartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manab bergan xabarga köra, yangi bitim 2022 yilning 30 iyuniga qadar möljallangan böladi. Futbolçining şartnomasini istalgan vaqtda buziş mumkin bölgan tovon puli miqdori 500 mln yevro etib belgilandi.

Jyerar Pike «Barselona» tarbiyalanuvçi sanaladi. U 2004 yilda jamoani tark etib, «Mançester Yunayted» tarkibida borib qöşilgan va oradan tört yil ötib, Kataloniyaga qaytgan va şundan buyon jamoa safida töp surib kelmoqda.

30 yoşli himoyaçining hisobida kataloniyaliklar safida ötkazilgan 421 rasmiy uçraşuv bor. Bu davr mobaynida u «Barselona» uçun 36 gol va 8 golli uzatma muallifiga aylangan.

«Barselona» klubi rahbariyati yaqin kunlarda yangi şartnomaning barça qoğozlariga qöl qöyiş uçun maxsus matbuot anjumani taşkil qilişadi. Hozirça bu anjumanning aniq sanasi ma'lum emas.