12 yil «Arsenal» safida töp surgan angliyalik futbolçi Teo Uolkott klubini özgartirdi. «Everton» uşbu 28 yoşli futbolçini 20 million funt evaziga transfer qilganini e'lon qildi.

Uolkott yangi klubi bilan 3,5 yillik şartnomaga imzo çekkan. U biroz avvalroq «Olimpiakos»ga ketgan Kevin Miralyasdan böşagan 11-raqamli futbolkada töp suradi.

Uolkott joriy mavsumda «Arsenal»ning barça turnirlar doirasidagi 16 uçraşuvida maydonga tuşgan va 4 gol urib, 2 golga hammualliflik qilgandi.