Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 7-son qarori bilan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisida namunaviy nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ilgari amalda bölgan nizom (31.07.2017 yildagi 562-son VMQ bilan tasdiqlangan) öz kuçini yöqotdi. 

Umuman olganda yangi hujjat avvalgisidan katta farq qilmaydi. Kiritilgan yangiliklar quyida keltirib ötiladi.

Ommaviy va interaktiv qabullar

Fuqarolar yiğinining raisi jismoniy şaxslar va yuridik şaxslar vakillari uçun ommaviy qabullarni taşkil etişi mumkin. Bunday qabullar çoğida uçraşuv iştirokçilari murojaatnomalar berişlari mumkin. Ommaviy qabulni hovlilarga (kvartiralarga) yoki boşqa binolarga va joylarga birma-bir kirib çiqiş orqali ham ötkazilişi mumkin.

Bundan taşqari, amaliyotga uzoqda joylaşgan abonentlar bilan videokonferentsaloqa vositasida real vaqt rejimida interaktiv özaro aloqa turi joriy etilmoqda (masalan, uzoqda joylaşgan mahalla aholisi bilan). Bunday tartib oğzaki murojaatlar beriş imkonini ham beradi.

Elektron murojaatlar uçun ERI zarur emas

Ilgari elektron murojaat albatta ariza beruvçining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanar edi. Endi uşbu talab bekor qilindi. Murojaat qiluvçini identifikatsiyalaş uçun murojaatnoma quyidagi ma'lumotlarni öz içiga olişi kerak:

• jismoniy şaxs haqida – FIO va yaşaş manzili;
• yuridik şaxs haqida – töliq nomi va joylaşgan joyi (poçta manzili). 

Javobning ma'nosini tuşunmadingizni – tuşuntirişni talab eting

Murojaat qiluvçining iltimosiga köra fuqarolarning özini özi boşqariş organi (FÖÖBO) javobning ma'nosini özgartirmagan holda unga tuşuntiriş berişi şart. Şuningdek, FÖÖBOning javobda yöl qöyilgan xatolarni (şu jumladan arifmetik xatolarni) öz taşabbusiga köra yoki murojaat qiluvçining iltimosiga köra tuzatiş majburiyati joriy etilmoqda. Tuşuntirişlar beriş va xatolarni töğrilaş töğrisidagi iltimoslar 10 kun muddatda qörib çiqiladi.

Murojaatnomalarni körib çiqiş qaçon tugatiladi