Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududidagi yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekiston fuqarolari vafot etgani munosabati bilan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Qozoğiston Respublikasi hududida röy bergan fojiali hodisa oqibatida Özbekiston Respublikasi fuqarolari halok bölgani munosabati bilan Qirğiziston Respublikasi xalqi va öz nomimdan çuqur hamdardlik bildiraman. Halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda sözlarini, şuningdek, jabrlanganlarga tezroq soğayib ketiş tilagini yetkazişni sörayman. Örnini töldirib bölmaydigan qayğuga şerikmiz», – deyilgan telegrammada.
18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida, «Samara—Çimkent» yölining 1068-kilometrida «Ikarus» rusumli yölovçi avtobusi yonib ketdi. Bu vaqtda avtobus salonida 55 yölovçi va ikki haydovçi bölgan. Fojiadan faqat 5 kişi omon qolgan. Mahalliy naşrlarda halok bölganlarning barçasi özbekistonliklar ekani aytilgan. Hozirça marhumlarning şaxsi aniqlanmadi.












