«Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan hujumçi Kriştianu Ronalduning jamoani tark etişi mumkin borasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Men bu vaziyatdan xavotirda emasman. Jamoadan taşqaridagilar buni istaganiça muhokama qilişi mumkin, ammo jamoa içida Kriştianu faqat ğalaba haqida öylaydi. Men ham faqat u bilan futbolni, uning jamoamizga qanday yordami tegişini muhokama qilişni istayman.
«Real»ni Kriştianusiz tasavvur qila olmayman. U hozir aynan özi bölişi kerak bölgan jamoada. Klub, muxlislar – barça uni yaxşi körişadi. Men har doim bir gapni aytganman: «Uni Madriddan taşqarida köra olmayman». Menga aynan sportça holatlar va uning qiyin vaziyatda «Real» bilan ekani muhim.
Şartnomaviy masalalarini esa muhokama qilişni istamayman. U ajoyib futbolçi. Buni rahbarlar bilan gaplaşib olişi lozim. Men unga faqat maydonda nimalar qilişi haqida gapirişim, körsatma berişim mumkin. Qolgani meni qiziqtirmaydi», – deya Zidanning sözlarini keltiradi Marca naşri.












