Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga özgartirişlar kiritilib, tadbirkorlik sub'yektlariga yer uçastkalarini ajratiş tartibotlari soddalaştirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

2009 yilda Toşkent viloyatida yuridik va jismoniy şaxslarga yer qonunçiligi, şaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uçastkalari ajratiş amaliyotini örganiş böyiça komissiya tuzilgan. Komissiya Toşkent  viloyati hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarni örganadi va tadbirkorlik faoliyati, yakka tartibda uy-joy quriş va boşqa maqsadlar uçun yer uçastkalarini beriş böyiça qarorlar qabul qiladi. Bunday qarorsiz hokim yer ajratiş huquqiga ega emas.

Bu yetarliça uzoq davom etadigan jarayon: hujjatlar qabul qilingan paytdan e'tiboran 10 kun mobaynida körib çiqiladi, şundan keyin qabul qilingan qarorni öz içiga olgan bayonnoma 3 kun içida Toşkent viloyat hokimligiga yuboriladi. Va, faqat Komissiyaning ijobiy qarori bölganda tuman (şahar) hokimi yer uçastkasi ajratilişi töğrisida qaror çiqaradi (bir hafta muddatda).

Qabul qilingan tuzatişlar natijasida uşbu mexanizm Toşkent viloyatining faqat 5 ta tumanida saqlab qolinadi, bular: Böstonliq, Zangiota, Qibray, Parkent va Toşkent tumanlari. Şu tariqa, qolgan 10 ta tumanda endi yer uçastkasini Komissiyaning qarorisiz oliş mumkin, yer ajratiş tartibi esa u yerda yer taqdim etiladigan maqsadlarga boğliq böladi:

• şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun;
• qişloq xöjaligiga oid bölmagan ehtiyojlar, şuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (şaharlar) hududida joylaştiriladigan obektlar qurilişi uçun;
• tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun.   

Eslatib ötamiz, ilgari poytaxt viloyatning 7 ta tumanida yer uçastkalarini ajratiş vaqtinça töxtatib turilgan edi. 

Hujjat 12.01.2018 yildan kuçga kirdi.