Rossiya Şimoliy Koreya masalasini hal qilişda umuman yordam bermayapti, deb aytdi AQŞ prezidenti Donald Tramp Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida. 

Uning aytişiça, Moskva Pxenyanga BMT sanksiyalaridan qoçişda kömak bermoqda.

“Rossiya bizga Şimoliy Koreya masalasida umuman yordam bermayapti. Rossiya bu işi bilan Xitoy berayotgan yordamni yöqqa çiqarmoqda”, deb aytgan Tramp.

Trampning ta'kidlaşiça, buning barçasi Pxenyanni AQŞ hududigaça yeta oladigan uzoq masofaga möljallangan raketani yaratişga borgan sari yaqinlaştirmoqda. 

Tramp, şuningdek, özidan avvalgi prezidentlar Bill Klinton, Kiçik Jorj Buş va Barak Obamani Şimoliy Koreya masalasini hal qila olmaganlikda aybladi.

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şimoliy Koreya muammosini hal qiliş uçun köp narsa qila olişini, biroq AQŞ va Rossiya örtasidagi aloqalarning yaxşimasligi bu masalada jiddiy yutuqlarga erişişga imkon bermayotganini ta'kidlab ötgan.  

Tramp şu bilan birga Xitoy bu masalada hissa qöşayotganini, biroq Pekin Pxenyanni bosib turiş uçun bundan ham köproğiga qodirligini aytgan.

Avvalroq Rossiya va Xitoy Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun Şimoliy Koreyaga yadroviy sinovlar ötkaziş va raketalar uçirişni töxtatişni, Janubiy Koreya va AQŞga mintaqada maşğulotlar ötkazişdan tiyilişni taklif qilgan. Biroq Vaşington bunga rozi bölmagan.