AQŞning Nevada ştatida Kilopower kiçik yadroviy reaktor muvaffaqiyatli sinovdan ötkazildi, u kelajakda Marsdagi ilk turar-joylarni energiya bilan ta'minlaşi mumkin. NASA vakillari Las-Vegasdagi anjumanda loyiha tafsilotlari haqida ma'lumot berişdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Kilopower kiçik ölçamlari va quvvati bizga bir neça blokni bitta kemada yetkaziş hamda önlab kilovatt quvvat generatsiyasini ta'minlaş imkonini beradi», - deya aniqlik kiritib ötdi NASA direktorining kosmik texnologiyalar böyiça örinbosari Stiv Yurçuk.
Loyiha muallifining sözlariga köra, reaktor Stirling dvigateli prinsipiga asoslangan va kam harakatlanuvçi qismlarga ega. Reaktorning uran-235ga ega eng faol zonasi qölni artadigan soçiq örami hajmiga ega, rejalarga köra, reaktorning keng kölamli tajribalari mart örtalarida boşlanadi. Bir reaktorning quvvati 1-10 kVt.ni taşkil etadi, Mars yuzasidagi odamlar böladigan stansiyaning tölaqonli işlaşi uçun şunday qurilmalardan 4-5 tasini işga tuşiriş lozim.











